© CABAR – Центральноазиатское бюро по аналитической журналистике
При размещении материалов на сторонних ресурсах, гиперссылка на источник обязательна.

Eliyor Karimov : Ayollar uchun majburiy imtiyozlar kvotasini joriy etilishi gender bilan bog’liq muammolarning yechimiga ijobiy ta’sir qiladi

O’zbekistonda ayollarning mavqeini ko’tarish uchun nima qilish kerak? Elyor Karimov, Hofstra Universiteti (Nyu York, AQSh) tarix fanlari doktorining fikricha ayollarga imtiyozlar berishga qaratilgan say harakatlarni qonunan mustahkamlab qo’yish foydali bo’lishi mumkin.


Подпишитесь на наш канал в Telegram!


– CABAR.asia: Ommaviy axborot vositalarida ayollar huquqlarini buzilayotgani, shular jumlasidan erkaklar tomonidan buzilayotgani, haqida ma’lumotlarga ko’zimiz tushadi. Ko’pincha gap ayollarni jismonan erlari tomonida kaltaklash haqida boradi. Odatda jabr ko’rgan ayol yoki uning ota-onasi jamoatchilikning salbiy fikriga duchor bo’lishdan qo’rqib jabr qilgan tarafni jinoiy javobgarlikka tortishdan o’zlarini tiyishadi. Bunday holatlar kamayishi uchun nimalar qilish kerak?

Avvalo men siz ko’targan muammolarni gender mavzusi bilan bog’lashni hohlardim. Jahon hamjamiyati uchun xozirgi kunda gender bilan bog’liq muammolarni yechimini topish juda katta ahamiyatga ega. Gender tenglikka erishish butun jahon miqyosida BMT, UNESCO, UNICEF kabi boshqa halqaro tashkilotlar uchun ustuvor vazifa sanaladi. Chunki erkaklar va ayollar o’rtasida tenglikka erishish barqaror rivojlanishning asosiy shartlaridan biridir.

Эльер Каримов. Фото: http://oilamarkazi.uz
Elier Karimov. Surat: oilamarkazi.uz

Gender tenglikka erishishning ustuvor yo’nalishlaridan biri bu – hotin-qizlarga ta’lim olishga imkoniyatlar yaratish va bu imkoniyatlarni yanada kengaytirishdan iborat. O’ylaymanki, o’qimishli va keng dunyo qarashga ega bo’lgan ayol, o’z huquqlari bilan bog’liq bo’lgan vaziyatni siz aytib o’tgan achinarli holatgacha yetib borishiga yo’l qo’ymasa kerak.

Muammo shundaki, ko’pincha, ayniqsa an’anaviy rivojlanayatgan jamiyatlarda, gender masalalari ommaviy axborot vositalarida to’laqonli to’g’ri yoritiladi desak xato bo’ladi. Hususan, odatda gender va jins tushunchalarini bir xil deb o’ylashadi, shuning uchun erkak va ayol kishi biologik jihatdan teng bo’la olmaydi degan xulosaga kelishadi, aslida esa gender tenglik biologik emas,balkim ijtmoiy va madaniy tenglikni talab qiladigan tushuncha. Boshqacha qilib aytganda, gender tenglik – bu eng avvalo ayol va erkaklarning teng huquqiy darajaga egaligidir.

Hususan, siz aytib o’tgan holatlarda asosiy masala ayol huquqlarini himoyasi bilan bo’g’liq. Bunday holatlar sodir bo’lishi huquqiy bilimlar yetarli emasligidan dalolat beradi va shuning natijasida ayol kishi o’zini himoya qilib olishga o’quvlari mavjud emas. Bunday holatlarda odatda qandaydir mavhum “odamlar nima deydi” yoki “urf-odatlarimizga zid” (uydagi gapni ko’chaga olib chiqma) kabi tushunchalarga tayanib, ayollarning eng oddiy huquqlarini ularning qarindoshlari, yaqinlari, jamoatchilik va hatto davlat idoralari tomonidan buzilishini kuzatamiz.

Aslida bunday holatlarda, gender tenglik muammolarini hal qilishda , hususan oiladagi zo’ravonlik muammolarini yechimini topishda, dunyoviy davlat bo’lmish O’zbekiton sharoitida, mamlakatning asosiy qonuni Konstitutsiya asosida hal qilinish kerak. Lekin amalda esa, ko’pincha ayollar huquqlarining buzilishiga doir holatlarda, odatda Islom dini va Shariatdagi tushunchalar asosida masala hal qilishga uriniladi, bular o’zbek jamiyatidagi asosiy qadriyat bo’lganligi uchun.

– Ohirgi paytlarda, ayollarnining jamiyatdagi o’rni va darajasi bilan bog’liq oilaviy va ijtimoiy masalalarni hal qilishda, ko’pincha Islom dini aqidalariga tayanib ish tutish odat tusiga kirib borayapti. Nima deb o’ylaysiz, nega bunday bo’layapti?

 Tog’ri, bunday tendensiyalarni anchadan beri kuzatish mumkin. Odatda Islomga tayanib chiqarilgan hukmlarning hammasi ham haqiqiy Islomni aks ettiruvchi hukm deb bo’lmaydi, natijada, jamiyatda noto’g’ri qarashlar ildiz otayapti. Masalan, aytishlaricha an’anaviy Islom dini qoidalariga asosan, tez-tez qulog’imizga chalinadiki – erak va ayol hech qachon teng bo’lmas emish. Bunday hulosalarni chiqarishda, tenglik deganda yuridik-huququy tenglik emas, balkim odatda yana biologik tenglik tushunilyapti.

Shunday yanglish tushunchalar asosida ayollarning huquqlarini to’gri talqin etilmayapti, natijada jamiyatda yomon illatlar paydo bo’lishiga sharoit yaratilyapti, masalan, bolalarga tarbiya berishda ularning ongiga ayollar huquqini hurmat qilmaslik singdirilib qo’yilyapti.Ayollarga hurmat ko’rsatish jamiyatda zaiflik sifatida ko’rilyapti, nima emish, ayolini hurmat qilgan erakak, ayoli oldida egilib o’z “erkaklik g’ururini” yoqotib qo’yar emish.

Bunday holatlarga sabab dunyoviy etik va huquqiy tarbiyani yetishmovchiligi va shuning bilan birga ochiq-oydin ko’rinib qolayotgan Islomiy tarbiyaning ham kamligidir. Islom dini milliy mustaqillik davrida O’zbekiston jamiyatida juda muhim o’ziga hos o’rin egalladi. Ko’plab oddiy fuqarolar tez-tez Islom diniga murojat etishga o’rganishgan, yuridik va huquqiy masalalar manba’si sifatida.

Shu bilan birga insonlar Islom huquqi haqida tasavvurlari juda kam, odatda ular faqat Islomiy madaniyatni tashqi ko’rinishlarigagina e’tibor berishadi holos. Masalan, ayol kishi hijob kiyib erini hurmat qilishi kerak. Shu bilan birga, ko’plab erkaklar Islom dinida mavjud bo’lgan yuridik huquq va majburiyatlarga rioya qilish kerakliklarini unitib qo’yishyatganday.

Agar kimnidir, an’anaviy ayollarga nisbatan mavjud bo’lgan Islom huquqi to’liq qonqtirmasa, unda zamonaviy huquqga ham murojat etishi mimkin. Men juda ko’p yillar davomida BAAda yashaganman, boshqa Fors ko’rfazi mamlakatlariga borganman, u yerlardagi hayot tarzini kuzatganman, solishtirganman va o’rganganman.

Bu mintaqada, barcha fuqarolar hayot tarzi va butun davlat tizimi musulmonlarning asosiy qonun tizimi – Shariatga bo’y sunadi va Shariat ko’rsatmalari rasmiy yuridik kuchga ega bo’lgan qonunlar sifatida hayotga tadbir etilgan.

Bu yurtlarda men shunga amin bo’ldimki – jamiyatdagi genderlar o’rtasidagi munosabatlar juda baland darajada rivojlangan. Masalan, er va hotin bir-birlariga juda hurmat bilan munosabatda bo’lishadi, ular bir-birlariga murojat etganda sizlab gapirishadi. Siz bu yurtlarda O’rta Osiyoda keng tarqalgan vaziyatni kuzatmaysiz, masalan hech qachon er qo’lini qovushtirib oldinda yurgan, hotini esa ortidan og’ir sumkalarni ko’targan holda yurgan holatni uchratmaysiz.

Посол ОАЭ в ООН Лана Заки Нуссейбех. Фото: .un.int
BAAning BMTdagi elchisi Lana Zaki Nousseibeh. Rasm: un.int

Bu jamiyatlarda ayollar huquqlardan foydalanadi va hurmatda, davlat esa hotin-qizlarga ishga kirishlari va ta’lim olishlariga barcha sharoitlarni yaratadi.  Bu yurtlarda hatto bizdagi 8-mart bayramiga o’xshash bayram ham mavjud va butun jamiyat nafaqat ayollarga o’z hurmatlarini izhor etishadi, balkim ayollar ham erkaklar bilan birga tengma-teng davlat rivojlanishiga hissa qo’shayatganlari bilan faxrlanishadi. Bu jamiyatlarda ayollar sudyalar, uchuvchilar, tadbirkorlar, hukumat a’zolari kabi vazifalarda ishlashadi.  BAAning BMTdagi hozirgi elchisi ham ayol kishidir.

Bu ayollar bayramining shioriga ham e’tibor qaratmoqchidim – BAAda “Ayollar Kuni” hotin-qizlarning davlat va xalq rivojida qo’shayotgan hissalarini tan olish uchun nishonladi. Mana sizga bitta misol, musulmon ayollari, jamiyat, xalq, davlat rivojiga qanday qilib hissa qo’sha olishi haqida.  O’ylaymanki, o’rgansa arziydigan misollar. Ayniqsa, zamonaviy musulmon jamiyatida ayollarning o’rni qanaqa bo’lishi kerakligini tushunmoqchi bo’lgan kishilar uchun.

– Bu hozirgi zamon bilan bog’liq misol. Oldingi zamonlarda qanday yo’l tutilgan?

– O’rta Asrlardan tortib to hozirgi davrlargacha bo’lgan Islomiy yuridik hujjatlarni tadqiqodchisi sifatida shuni aytishim mumkinki, ayollar musulmon jamiyatlarida hamma zamonlarda faol ishtirokchisi bo’lganlar. Ular tadbirkorlik bilan shug’illanishgan, ko’chmas mulkni oldi-sotdisi bilan mashg’ul bo’lganlar, o’zlarining moliyaviy haq-huquqlarini ta’minlashni talab qilganlar, ajrashishga ariza berganlar, qayta turmushga chiqqanlar, har doim turmushga chiqayotganlarida o’zlarining moliyaviy ta’minotlarini kafolatini talab qilganlar. Shu ohirgi talab har doim juda muhim bo’lgan.

Menda shunday hujjatlar borki ular bo’yicha yoshlar turmush qurgach, kelinni o’z otasining uyiga qaytarib olib ketishgan holatlar bor, chunki, kuyov bo’lmishda majburiy bo’lgan “mahr” to’lashga kerakli mablag’i bo’lmagan, “mahr” to’lash esa oila qurishning asosiy shartlaridan bo’lgan.

Kelin o’z turmush o’rtog’ining uyiga faqatgina eri o’zining oliyaviy majburiyatlarini bajargandan keyingina ko’chib o’tgan. Mahr har doim hotinning haqqi bo’lgan, ajrim holati yuzaga kelganda ham mahr ayolda qolgan. Nima holat yuzaga kelganda ham, ayol kishi musulmon huquqi bo’yicha hech qachon moliyaviy jihatdan himoyalanmagan ahvolga tushib qolmagan.

– Shu bilan birga O’rta Asrlardagi musulmon jamiyatlarida, xristian jamiyatlaridan farqli o’laroq, hech qachon ayol davlat rahbarlari bo’lmagan…

– Birinchidan O’rta Asrlardagi xristian va musulmon mamlakatlarini bir-biriga taqqoslash o’zi noto’gri, chunki bu mamlakatlar bir-biriga umuman o’xshamagan, ularning madaniy va iqtisodiy rivojlanishida katta tafovutlar bo’lgan. O’tgan zamonning eng yirik imperiyalarida, qadimgi Gretsiya va Rimda, bu davlatlarning jahon sivilizatsiyasiga qo’shgan hissalari hozirgacha sezilib turadi, ayollarni jamiyat hayotidan butunlay chetlatib qo’yishgan, ayollarga kam haq-huquq berilgan va davlat boshqarishida umuman ishtirok etishmagan.

Xristian dunyosi ham bu borada uzoqqa bormagan – ayollarning ahvoli bu jamiyatlarda ham erkaklarnikiga nisbatan ancha past bo’lgan. Siz aytib o’tgan vaziyat bo’yicha gapirsak, ayol kishi davlat boshqarishi bo’yicha, xriastina olamida ham bunday holatlar aslida keng tarqalgan rusm bo’lmagan, balkim umumiy vaziyatdan holi bo’lgan iste’sno bo’lishi mumkin. Bunday holatlar musulmon davlatlarida ham uchrab turgan.  

Shuni inobatga olish kerakki, har bir tarixiy davrning o’ziga hos ijtimoiy va siyosiy jihatlari bor va shuning uchun har bir hozirgi zamon muammosiga moziydan javob qidirish to’g’ri emas. Afsuski, bunday qarashlar hozirgi kunda juda keng tarqalgan.

Ko’p kishilar hozirgi kunda jamiyatda mavjud bo’lgan vaziyatga, siyosatda bo’ladimi, yoki iqtisodiyotda – o’tmishdan javob qidiradilar. Qanaqadir o’tmishga nisbatan moda mavjuddek, nima emish, o’tmishda madaniyat, ahloq va yutuqlar ulkan bo’lgan ekan va bular hozirgi zamondagi inqirozlardan bizni olib chiqib ketishga yordam berar ekan.

Nimaga odamlar o’tmishdan hamma muammolarga javob topsa buladi deb o’ylashyapti? Agar, o’tmishdan javob topa olinmasachi, unda hozir mavjud bo’lgan muammo bo’lishi mumkin emasmi? Afsuski, men bunday da’volarni eshitganman. Shuning uchun men barcha hozirgi zamon muammolariga o’tmishdan javob qidirishga qaratilgan harakatlarni maqullamayman.

– Sizningcha O’zbekiston sharoitida qanday chora-tadbirlarni amalga oshirish kerak, jamiyatda ayollarning mavqe’ini oshirish uchun? Ayollar uchun maxsus davlat idoralarida kvotalar joriy etish bu maqsadga erishish uchun foydali bo’ladimi?

– Gender bilan bog’liq muammolarni, boshqacha qilib aytganda jamiyatta ayollarning mavqe’ini ko’tarishga doir muammolarni, yechimi oddiy. Ta’lim olishga imkoniyat yaratish, moliyaviy resurslarga va ularning sarflanishida ishtirok etishda qatnashishga imkon yaratish va siyosiy hayotda ham qatnashishga yo’l ochib berish kerak. Bu mexanizmlar BMT, UNESCO, UNICEF, BMT Taraqqiyot Dasturi, UNFPA kabi butun jahon tashkilotlari tomonidan ishlab chiqilgan va ko’plab mamlakatlarda muvafaqqiyatli amalga tadbiq etilyapti.

Elier Karimovning so'zlariga ko'ra, O'zbekistonda gender munosabatlarida ijobiy o'zgarishlar boshlandi. Foto: bbc.com
Elier Karimovning so’zlariga ko’ra, O’zbekistonda gender munosabatlarida ijobiy o’zgarishlar boshlandi. Foto: bbc.com

Bu yil O’zbekistonda bo’lganimda, mamlakat bo’ylab safarim davomida, UNESCO tashkiloti tomonidan uyushtirilgan seminar-treyninglarda ishtirokim davomida, har xil yoshdagi va har xil ijtimoiy kelib chiqishga ega bo’lgan odamlar bilan uchrashuvlar davomida shunga amin bo’ldimki, O’zbekistonda gender muammolarini hal qilishga va yaxshi tomonga burishga doir keng miqyosli say harakatlar boshlangan.

Shuning uchun sizning savolingiz juda o’rinli, haqiqatdan ham ayollar uchun maxsus imtiyozlar yaratuvchi siyosat (affirmative action) olib borilishi to’g’ridir.

Boshqacha qilib aytganda, ayollarga qonunan ma’lum bir imtiyozlar berilishini belgilab qo’yish kerak. Masalan, ishga yoki o’qishga kirishda va ayollarning professional pilapoyalarda ko’tarilishida majburiy kvotalar ajratish maqsadga muvofiqdir.

Albatta, ijro va qonun chiqaruvchi hokimiyatlarni shakllantirishda bu chora tadbirlar ma’lum bir darajada mavjud gender no-mutanosibliklarini bartaraf etishga yordam beradi. Bilishimcha, bu yo’nalishda O’zbekistonda ma’lum bir ishlar hozirda olib borilyapti.

– Qaysi yo’nalishda vaziyat rivojlanadi? O’zbek jamiyatida ayollar mavqeini ko’tarishga erisha olinadimi? Sizning kelajakga prognozlaringiz?

– Prognozlar qilishni hohlamayman. Eng muhimi bu yo’nalishda ishar qiyinchiliklarga qaramay davom etishi kerak, chunki bu jarayonlarga qarshi bo’lganlar ham yetarli.Shunga qaramay, o’zimning halqaro tajribamdan kelib chiqib shuni aytishim mumkinki, agar bu yo’nalishdagi say harakatlar to’xtab qolmasa, albatta jamiyatda ijobiy o’zgarishlar bardavom bo’ladi.

– Sizningcha erkaklar ayollarning jamiyatdagi mavqei oshishidan yutadimi? Masalan, hozirgi kunda shunday qarash borki aynan erkak kishi oilani tebratishi kerak, lekin bu masalada ba’zi bir erkaklar oqsayotganini kuzatayapmiz…

– Ayollar – statistika bo’yicha aholining teng yarmini tashkil etishadi. Siz haqsiz, hozirgi kunda ro’zg’orning asosiy og’irligi erkaklar zimmasiga tushayapti. Erkaklar oilani, bola-chaqani ta’minotini qilib qo’yishlari kerak. Bu juda chuqur joylashgan stereotib. Bizning erkaklarni sen oila ta’minotchisisan degan tushunchani singdirgan holda yoshligidan tarbiya qilinadi. Bunday tushuncha ko’pinch ikki tarafni ham qoniqtiradi – ko’plab qizlar ham erga tegib uyda o’tirish, farzandlarni dunyoga keltirish va tarbiyalash kabi vazifalarni o’zlarini burchlari sifatida hisoblab tarbiya topishadi va katta bo’lishadi, hayotdagi boshqa vazifalar esa, masalan, yedirish-ichirish, kiyintirish va oilani ta’minotini qilish kabilar erkaklar zimmasida deb hisoblashadi

Lekin zamon o’zgaryapti. Jamiyat bir joyda turmayapti, iqtisodiyot o’sayapti, iste’mol qilish darajasi va moliyaviy ehtiyojlar ham o’sib borayapti. Bunday vaziyatda, ayollarning ham jamiyat hayotida to’laqonli ishtirok etishi ijobiy  bir jarayon bo’lar edi.

Hulosa qilib shuni aytmoqchimanki, gender tenglikka erishish bu ham etik ham iqtisodiy masaladir. Qanaqa metodlar bilan bu muammo hal bo’lishi muhim emas – zamonaviy metodlar bilanmi yoki an’anaviy. Eng asosiysi bu muammoni yechimini topish kerak, odamlar, jamiyat va davlat farovonligi uchun.


Мазкур мақола IWPR ташкилотининг “Марказий Осиёда очиқ диалог орқали барқарорлик” лойиҳаси доирасида тайёрланди.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.

Spelling error report
The following text will be sent to our editors: