© CABAR – Центральноазиатское бюро по аналитической журналистике
При размещении материалов на сторонних ресурсах, гиперссылка на источник обязательна.

O’zbekiston: Prezidenti tashabbusi bilan tuzilgan “arzon uy-joy dasturi” ishtirokchilari narxlarning ko’tarilib ketishi va sifatsiz qurilish ishlari haqida gapirishmoqda

O’zbekistonda Prezidentning arzon uy-joy dasturi ishtirokchilari o’z huquqlarini poymol qilinganini da’vo qilishyapti.  Ular narxlarning oshishidan norozi, shartnoma shartlariga rioya qilinmaganlikda va quruvchilarni o’z ishlarini sifatsiz qilganliklarida ayblashyapti.


Telegram kanalimizga a’zo bo’ling!


2017 yil oktyabr oyida O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev «2018 – 2020 yillarga mo’ljallangan shaharlarda arzon uy-joylarni qurish va rekonstruktsiya qilish dasturini» tasdiqladi. Ammo «arzon» uy-joy aholiga qimmatlik qilyapti, bu butun mamlakat bo’ylab norozilikka olib keldi.

Qaror qabul qilingan paytda 27 mingdan ortiq oila arzon kvartiralarni sotib olish bo’yicha hududiy komissiyalarda ro’yxatga olingan edi. 2018 yilda butun mamlakat bo’ylab 13 917 ta uy-joyga muhtoj bo’lgan oila uchun 335 ta ko’p xonadonli uylarni qurish rejalashtirilgan edi.

Loyiha davlat byudjeti va xalqaro moliya institutlarining mablag’lari: Osiyo va Islom taraqqiyot banklari, Saudiya taraqqiyot jamg’armasi, Turkiyaning Ziraat davlat banki va boshqalar tomonidan moliyalashtiriladi.

Shu bilan birga, qarorda pudratchi qurilish tashkilotlarini tanlashni «O’zshahar qurilish invest» tijorat qurilish kompaniyasi direktori Zufar Narzullaev tomonidan ochiq tender o’tkazmasdan amalga oshirilishi aniq belgilangan. Qurilish jarayonining texnik nazorati ham unga ishonib topshirilgan.

«O’zshahar Qurilish Invest» MCHJ – bu Prezidentning 2017 yil 13 yanvardagi farmoni asosida 2017-2020 yillarga mo’ljallangan dastur asosida shaharlardagi arzon uy-joylarni qurish va rekonstruktsiya qilish bo’yicha buyurtmachining vazifalarini bajarish uchun tashkil etilgan respublika ixtisoslashtirilgan muhandislik kompaniyasi.
Абдурахман Ташанов. Фото с сайта Ozodlik.org
Abdurahmon Tashanov. Foto: Ozodlik

«Ko’pincha davlat dasturlarida qatnashadigan tijorat tuzilmalari orqasida yuqori martabali shaxslar va ba’zi tuzilmalar turadi. Muhtoj aholi uchun arzon uy-joy qurilishi ochiq raqobat savdolariga asoslangan va o’nlab yillar davomida qarz ko’rinishidagi asosiy yukni o’z zimmasiga olgan aholi ishtirokida amalga oshirilishi juda muhimdir ”, – deydi “Ezgulik ”O’zbekiston inson huquqlari jamiyati rahbari Abdurahmon Tashanov.

Bugungi kunda O’zbekiston hududlarida «arzon» uy-joylarning narxi poytaxtga nisbatan 8 foizga yuqori bo’lib, bu mintaqalar aholisi orasida norozilik va yangi namoyishlarga olib keldi. Bundan tashqari, Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlariga ko’ra, viloyatlar aholisi daromadlari va farovonligi poytaxt aholisiga qaraganda ikki baravar past.

Samarqandlik Saodat ismli (ismi o’zgartirilgan) yashovchisining arzon uy-joy sotib olish uchun imtiyozli ipoteka krediti olish navbati yetib kelganda, xursandchiligi cheksiz edi. Eri vafotidan keyin u uzoq vaqt davomida uchta bolasi bilan bir xonadondan boshqasiga ko’chib yurishga va ba’zida akasining kichkina kvartirasida oilasi bilan yashashga majbur bo’lgan edi.

“Samarqandning chekkasida yangi uylar qurildi, ammo shahar ma’muriyati har kvadrat metrga 2,75 million so’m (317 AQSh dollari) miqdorida uy-joy berishga va’da berdi”.

“Men to’ng’ich o’g’limni uylantirdim va Hudo hohlasa yangi uyda  chaqaloq yig’isiyu va to’palonini eshitish nasib qiladi deb umid qilgan edim.  Men bunday kvartira haqida orzu qilardim va qiyin paytlarda meni va oilamni qo’llab-quvvatlagan prezident va davlat uchun ibodat qilishni to’xtatmadim, lekin u yog’i biz kutgandek bo’lmadi”.

2018 yil oxirida Saodatga Samarqand shahar ma’muriyatidan qo’ng’iroq qilib, uy-joyning tayyorligi to’g’risida xabar berishdi, uni qabul qilib, ko’chib kirishni so’rashdi. Ko’chib kirgach, Saodat uyning sifati past ekanligini aniqlagan.

“Prezident kelishigacha bizga kamchiliklarni o’z hisobimizdan bartaraf etish buyurildi. Biz qarz olib, nuqsonlarni o’g’illarim bilan imkon qadar bartaraf etdik. Ammo prezident tashrifidan keyin yangi muammolar ketma-ket boshlanib ketti”.

Uy-joy shoshilinch ravishda qurilgan va qurulish ishlari kerakli me’yorlarning buzilishlari bilan amalga oshirilgan: devorlar notekis, devorga chaplangan ohak to’kilib bormoqda, devorlar laminatdan qilingan va tashqaridagi shovqinning oldini ola olmaydi, sifatsiz santexnika ishatilgan va yuvinish honasida shamollatish tuynugi umuman yo’q”.

photo_2019-07-25_22-52-09
IMG_20190724_111254
IMG_20190724_111101
20190724-IMG_20190724_111254
20190724-IMG_20190724_111101
20190723-photo_2019-07-08_15-40-21
20190723-photo_2019-07-08_15-39-49

Advokat va yuridik ekspert Dilfuza Kurolova davlat maqsadli dasturining yagona ijrochisi tijorat kompaniyasi ekanligini ta’kidlaydi. Uning fikricha, mavjud pudratchini tanlovsiz tayinlash tizimi qurilish sifatiga ta’sir qilgan bo’lishi mumkin. Kurolova, shuningdek, qurilish sifatiga ishlarni bajarishda shoshqaloqlik ta’sir ko’rsatgan bo’lishi mumkin deb o’ylaydi.

“Loyihaning loyiha-smeta hujjatlari bilan bir vaqtda qurulish ishlarining olib borilishi tez ammo sifatsiz qurilishiga olib kelgan asosiy sabablardan biridir. Ijtimoiy tarmoqlarda arzon uy-joylar na umumiy qabul qilingan qurulish me’yor va qoidalariga va na shaharsozlik standartlariga mos kelmasligi haqida sharhlarni tez-tez o’qiymiz », deydi Kurolova.

Narx bizning ko’z o’ngimizda ko’tarilmoqda

Prezidentning qaroriga binoan, butun O’zbekiston bo’yicha uy-joyning 1 kvadrat metrining boshlang’ich narxi 2,75 million so’m (317 AQSh dollari) etib belgilandi, ammo ariza beruvchilar ro’yxati tuzilib, dastlabki badallar kiritilgandan keyin uy-joy narxi 55 foizga ko’tarilib, 4,3 million so’mga yetgan (495 AQSh dollari).

«O’zshahar Qurilish Invest» MCHJ narxlarning oshishini valyuta kurslarining oshishi, sement va metallarga imtiyozli narxlarning bekor qilinishi, ularni tovar va homashyo birjalari orqali sotib olishga to’g’ri kelayotgani, shuningdek, ishchi kuchi, gaz va elektr energiyasining narxlari oshishi bilan izohladi.

Uy-joy narxlarining haddan tashqari ko’tarilishi qarz oluvchilarning noroziligiga sabab bo’ldi.

Joriy yilning 9 aprel kuni Toshkentning Sirg’ali tumanida yashovchi 60 ga yaqin aholi Prezident ma’muriyati binosi oldida norozilik namoyishi o’tkazdilar. Bosh vazir Abdulla Oripov namoyishchilar bilan shaxsan o’zi uchrashib va bir necha kundan keyin arzon uy-joy narxlarini kvadrat metr uchun 4,3 milliondan 3,25 million so’mgacha (374 AQSh dollari) tushirishga buyruq berdi. Bunday yengillik faqat poytaxtning Sergeli tumanida yashovchilar uchun qo’llandi holos.

Samarqandda arzon uy-joy dasturi doirasida 2018 yilda ehtiyojmand aholi uchun 32 ta yetti qavatli uylar qurildi. Dastlab, viloyatda bir kvadrat metr uy-joyning va’da qilingan narxi 2,75 million so’mni (317 AQSh dollari) tashkil etdi. Ushbu narxda Saodat ipoteka uchun boshlang’ich badalni to’ladi, ammo keyinchalik hujjatlarni rasmiylashtirish ishlari yakunlangach, turar joy narxi 27% ga ko’tarilib, har kvadrat metri uchun 3,5 million so’m (402 AQSh dollari) ga yetdi.

“Bizga noma’lum bo’lgan sabablarga ko’ra, quruvchi tashkilotlar va bank shartnomalar berish va ipoteka kreditini rasmiylashtirishni cho’zib kelishdi. Nihoyat 2018 yil avgust oyida ular bankdan qo’ng’iroq qilib, har kvadrat metr uchun 2,75 million emas, balki 3,5 million so’m to’lovi ko’zlangan kredit olish uchun hujjatlarni to’plashni so’radilar”.

“Biz uchun bu zarba bo’ldi. Ushbu ipoteka kreditini qanday qaytarishimni hali bilmayman, chunki dastlab byudjetimni boshida kelishilgan arzonroq to’lov asosida rejalashtirgan edim”.

Hafsalasi pir bo’lgan odamlar davlat tuzilmalarining barcha eshiklarini taqillatishni boshladilar, ammo hech qanday natija bo’lmadi. Samarqand viloyati hokimiyatida vaziyatni sharhlagan rasmiy shaxslar ushbu masala ularning vakolatiga kirmasligini aytdi. Rasmiylarga ko’ra, arzon uy-joy narxlari, shuningdek, sifat nazorati «O’zshahar qurilish invest» MCHJ tomonidan, davlat fondlari va tijorat banklari tomonidan tashkil etilgan va shu tijorat kompaniyasi tomonidan amalga oshiriladi.

«Biz faqat uy-joyga muhtoj odamlarning ro’yxatini tuzamiz va ularga ipoteka kreditini olishga yordam beramiz», deydi viloyat hokimligining matbuot kotibi Manucher Mirzaev.

Aslida yo’q kvadrat metrlar

«ToshuyjoyLITI» OAJ loyihalash instituti tomonidan ishlab chiqilgan loyiha va chizmalarga ko’ra, odatdagi yetti qavatli ikki kirishga ega uy umumiy hisobda 2940 kvadrat metr va 42 xonadondan iborat. Prezidentning 2018 yil 18 iyuldagi farmoniga binoan bitta shunday ko’p qavatli uyni qurishning umumiy qiymati 8,8 milliard so’mni (1,01 million dollar) tashkil etadi. Ushbu raqamlarni shu jumladan so’rovga javoban «O’zshahar qurilish invest» MCHJ ham tasdiqladi.

Uylarni qurish va foydalanishga topshirish tugallangandan so’ng, yangi kvartiralarning egalari kvartiralarning haqiqiy va e’lon qilingan maydonida nomuvofiqlik borligini taxmin qilishdi. Yangi binolarning aholisi o’rtacha kutilganidan 7 kvadrat metrga kam uy-joy oldi.

«Men umumiy maydoni 70,4 kv.m bo’lgan ikki xonali kvartira uchun pulni to’lagan edim, lekin ko’chib kirgach o’lchasak 64,9 kv.m chiqdi. Ma’lum bo’lishicha, quruvchilar hamma xonadonlarda maydonchalarni qisqartirishgan », – deydi Saodat.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bu qoidalarni qo’pol ravishda buzilganligini va qurilish rejasidan chetga chiqishni anglatadi. Ushbu fakt Samarqand viloyatidagi Davlat arxitektura va qurilish nazorati tomonidan tan olingan. Va aholining noroziligidan so’ng, «O’zshahar Qurilish Invest» – qurilishining yagona buyurtmachisi, binolar avvalgi rejaga mos kelmasligini tan oldi va Samarqandda qurilgan barcha 32 uyning umumiy maydoni 2940 dan 2620 kvadrat metrgacha kamaygan.

Заказчик признал факт уменьшения площади до 2620 кв.м

Aftidan, har bir uydagi 320 kvadrat metrlik farq ipoteka kvartiralar narxining pasayishiga ta’sir ko’rsatishi kerak edi. Biroq, hech narsa sodir bo’lmadi.

«O’zshahar qurilish invest» MCHJning guvohnomasiga binoan, buyurtmachi qurilish qiymati va pudratchilar tomonidan olingan qurilish ssudasi xarajatlarini qaytadan qo’shgan, garchi ular allaqachon loyihaning boshlang’ich qiymatiga kiritilgan va quruvchilarning o’zlari foydasi hisobidan to’lanishi kerak bo’lgan bo’lsada.

Agar siz Samarqanddagi tijoriy loyihalar asosida qurilgan yangi binolarning hozirgi narxlarini o’rgansangiz, ularda narxlar bir kvadrat metrga 2.9 million so’mdan (333 AQSh dollar) boshlanadi. Shu bilan birga, tijoriy uy-joy quruvchi qurilish kompaniyalari o’zlari uchun kerakli yerni o’zlari sotib olishadi va barcha kommunikatsiyalarni o’z hisoblaridan yotqizishadi.

Davlat dasturi doirasida esa quruvchilar va pudratchilar ko’p soliqlardan ozod qilinib, barcha kommunikatsiyalar faqat davlat hisobidan amalga oshiriladi.

Joriy yilning 2-avgust kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Navoiy viloyatida «arzon» uy-joy narxlarining oshishiga e’tibor qaratdi va hokimga ushbu muammoni hal qilishni topshirdi.

«Agar siz prezidentning siyosatini qo’llab-quvvatlash uchun qurilishni boshlagan bo’lsangiz, unda kerak bo’lsa, ularni harjatlarining o’z cho’ntagingizdan to’lang va aholining ehtiyojlarini qondiring. Quruvchiga birinchi yili oziga sabr qilishga va kelasi yil foyda ko’rishlarini ayt », – deya Mirziyoyevni iqtibos qiladi Kun.uz.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.

Spelling error report
The following text will be sent to our editors: