© CABAR – Центральноазиатское бюро по аналитической журналистике
При размещении материалов на сторонних ресурсах, гиперссылка на источник обязательна.

O’zbekistonda paydo bo’lgan IT-startaplarning bozori: “Hech kim oson bo’ladi deb aytmayapti”

O’zbekistonda texnologik tadbirkorlik bozori endigina rivojlanmoqda. Biroq, u duch kelayotgan muammolarga qaramay, mahalliy mutaxassislar kelgusi ikki yil ichida respublika Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida Informatsion Texnologiyalar (IT) sohasida yetakchiga aylanishiga ishonishadi.


Bizning Facebookdagi sahifamizga obuna bo’ling!


O‘zbekiston Innovatsion rivojlanish vazirligi 2019 yilda startaplarni rivojlantirish uchun qariyb 160 ming dollar ajratdi. Skrin-shot O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining youtube kanalidan olingan.

O’zbekiston – Markaziy Osiyodagi eng katta mamlakat. Bu yerda 33 milliondan ortiq odam istiqomat qiladi. Ularning 68 foizi, ya’ni 2018 yil holatiga ko’ra 22,8 million kishi uyali aloqa abonentlari, ya’ni ular faol yoki potensial Internet foydalanuvchilari.

O’zbekiston hukumati Internet tarmog’iga kirishni yaxshilash bo’yicha muayyan choralarni ko’rmoqda. Xuddi shu maqsad yo’lida 2018 yilda xalqaro ma’lumotlar tarmog’ining o’tkazish qobiliyati sekundiga 110dan 1200 Gigabitgacha 10 baravar o’sdi. O’sha yil boshida tegishli bu boradagi buyruq Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan shaxsan berilgan edi.

Abdulahad Kuchkarov. Facebook-dagi shaxsiy sahifasidan olingan fotosurat.

Mutaxassislar bularning barchasi mamlakatda 2017 yildan beri faol rivojlanayotgan IT-startaplarni yaratish uchun yaxshi zamin bo’lib xizmat qilishiga ishonishadi. Ushbu jarayonda xususiy  shirkatlardan tashqari, davlat idoralari ham ishtirok etmoqdalar.

«Agar davlat startaplarni rivojlantirishda qanday yordam ko’rsatayotgani haqida gapiradigan bo’lsak, 2019 yilda mamlakatning Innovatsion rivojlanish vazirligi buning uchun 15 milliard so’m (taxminan 160 ming AQSh dollari) miqdorida grantlar ajratganligini ta’kidlash mumkin. Bundan tashqari, bu yil birinchi ilmiy loyihalarni tezlashtiruvchi  “C.A.T science” ochildi, u hozirgacha 17 startapni chiqardi ”, – deydi “IT-Park”ning  innovatsiyalar bo’yicha direktori Abdulaxad Kuchkarov.

Davlat va biznesning manfaatlari

Kuchkarovning fikricha, mamlakatning o’zining IT-parkining paydo bo’lishi bu sohani rivojlantirishning navbatdagi bosqichidir. Park 2019 yil 24 iyulda hukumat qarori doirasida ochilgan. Bu yerda Yoshlar ittifoqi, Savdo-sanoat palatasi, Innovatsiya vazirligi, Mehnat vazirligi va BMT Taraqqiyot dasturi bilan birgalikda keng ko’lamli “Start-up tashabbusi” loyihasi amalga oshirilmoqda. Yaqin kelajakda start-up ekotizimni rivojlantirish bo’yicha 10 ta loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan.

O’zbekistonda IT-park hukumat qarori doirasida ochilgan. Foto it-park.uz

“Bular “hakatonlar” (dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchilarining forumi), tanlovlar va “ideatonlar” (IT start-uplar tanlovi). Ular ham mamlakatning davlat idoralari bilan birgalikda, ham davlatlararo, shuningdek korporatsiyalar ishtirokida amalga oshiriladi. Hozirgi kunda IT-Park bepul inkubatsiya va akselerator dasturlarini ishga tushirdi. Birinchi tanlovda bizga 103 ta murojaat kelib tushdi, ulardan 15 ta startaplar tanlab olindi “, deydi Kuchkarov.

Ekspertning so’zlariga ko’ra, O’zbekiston rasmiylari IT sohasini rivojlantirishdan manfaatdordirlar. O’zlarining loyihalarini Ta’lim vazirligi, Yoshlar ittifoqi va Mehnat vazirligi amalga oshirmoqdalar. Xorijiy mamlakatlarning texnologik kompaniyalari ham O’zbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda , hususan, Rossiyaning Yandex kompaniyasi va Amerikaning EPAM kompaniyasi .

“Bu yil birinchi marotaba o’zbekistonlik IT-kompaniya 5 mln AQSh dollariga teng shartnomani amalga oshirdilar. “Payme”-  to’lovlar hizmatlarini amalga oshiruvchi o’zbek provayderi, Gruziyaning “TBC Bank Group PLC” bankiga o’zining aksiyalarining 51,5 foizini 5,5 million AQSh dollari evaziga sotish bo’yicha bitim imzoladi”, – deb eslatadi Kuchkarov.

IT-startaplarning muammolari

Akmal Payziev. Facebook-dagi shaxsiy sahifasidan fotosurat.

Shunga qaramay, ekspertning fikricha, mamlakatda texnologik tadbirkorlik bozori endigina paydo bo’lmoqda. Tadbirkor Akmal Payziev bu fikrga qo’shiladi. U ikkita muvaffaqiyatli IT-loyihalarning – “Express24” oziq-ovqat etkazib berish xizmatlari va “MyTaxi” taksi buyurtma qilish hizmati muallifidir. 

Uning fikricha, bugungi kunda O’zbekistondagi startaplar bir qator muammolarga duch kelmoqdalar. Bu tajriba yetishmasligi, rivojlanmagan bozor va yetarli  

mablag’ yetishmasligidir.

“Hukumat va biznes bunga mablag’ sarflashga tayyor emas, chunki IT-startaplar venchur (uzoq muddatli) moliyalashtirishni talab qiladi. Shu bilan birga, IT-startaplar biznesdir va ularga yetarlicha talab bor. Yangi loyihalar paydo bo’lishi va rivojlanishi mumkin bo’lgan ko’plab soxalar mavjud ”, – deydi Payziev.

Qisman, bu fikrga “MyBooking” O’zbekistonning mehmonxonalariga onlayn buyurtma xizmati muallifi Farrux Rahimov ham qo’shiladi. Uning fikricha, IT-startaplarning muammolari butun dunyoda o’xshash, shu bilan birga haqiqatan ham qiziqarli va foydali  bo’lgan loyiha albatta o’ziga oxir-oqibat diqqatni jalb qila oladi.

 Farrux Rahimov. Shaxsiy rasm

“O’zbekistonda, Evropada va hatto Afrikada ham IT-startaplari muammolari bir-biriga o’xshashdir. Biror fikrga ega bo’lishning o’zi etarli emas, uni amalga oshirish uchun harakat qilish kerak. Bu dasturlovchilarni, investorlarni jalb qilishni talab qiladi. Loyiha, g’oya bor, lekin uni amalga oshirish uchun imkoniyatlar yo’q. Bu ko’pchilik startaplarning asosiy muammosi. Shunga qaramay, chindan ham ajoyib loyiha investorni osongina qiziqtirishi mumkin. Asosiysi, har jihatdan foydali va kerakli mahsulotni taklif qilish. Biznes bunday loyihani qadriga yetadi ”, – dedi Rahimov.

Shu bilan birga, mutaxassislarning ta’kidlashicha, ishlab chiquvchilar boshidanoq  tashqi bozorga yo’naltirilgan mahsulotni yaratishi kerak. O’zbekiston bozori nisbatan tor va jahonga mashhur  o’yinchilar bilan raqobat juda katta. Shuni tushunish kerakki, bunday loyihalar uzoq muddatni ko’zlab qilinishi kerak, ulardan darhol natijalarga erishish juda qiyin bo’ladi.

Zo’rlar uchun istiqbollar

Umuman olganda, mutaxassislarning fikriga ko’ra, O’zbekistonda IT-startaplar bozorini rivojlantirish istiqbollari juda ruhlantiradi. Albatta, yangi loyihalar paydo bo’ladi, sohani rivojlantirishga hissa qo’shadigan xalqaro o’yinchilar keladi. Shu yili sentabr oyida “IT-Park”da mamlakatda birinchi venchur kapitali fondi ochildi.

“Bugun O’zbekistonda yangi iste’mol bozori, ajoyib imkoniyatlar mavjud, odamlar foydali va samarali yechimlardan foydalanishga tayyor”, – deydi Farrux Rahimov.

Shu bois, kelgusi ikki yil ichida, O’zbekiston Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida IT sohasidagi yetakchiga aylanadi, deb ishonadi Abdulaxod Kuchkarov.

Biroq, Akmal Payzievning fikriga ko’ra bu maqsadlarga erishish  uchun bir qator “muhim qadamlar” kerak.

«Bu yerda bizga aniq o’yin qoidalari, umuman biznes uchun aniq qoidalar kerak. Bu amalda ishlaydigan qonunchilik, haqqoniy faoliyat yuritadigan sud tizimi va tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilishdir. Shundagina investor bozorga keladi va u rivojlanadi. Va, albatta, soliq yukining kamaytirish ham bu jarayonga yordam beradi”, deydi Akmal Payziev.

Nima bo’lganda ham, Rahimovning ishonishicha, har qanday loyihaning muvaffaqiyatining sharti bu to’xtovsiz davom etadigan yashab qolish uchun kurashdir.

«To’siqlarning ko’pi odamning o’zida yashiringan. Ammo eng zo’rlargina g’alaba qiladilar. Hech kim oson bo’ladi deb ayta olmaydi. Mahsulotingiz qadrli deb o’ylaysizmi? Unda u uchun oxirigacha kurashing! ”- muvaffaqiyatli startup muallifi maslahat beradi.


Ushbu maqola IWPR ning «Giving Voice, Driving Change — from the Borderland to the Steppes Project» dasturi doirasida tayyorlangan”.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.

Spelling error report

The following text will be sent to our editors: